Старая версия сайта

Birinchi xalqaro hunarmandchilik festivali

Boy tarixiy va madaniy an'analarga ega bo‘lgan xalqimizning turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tarixiy shaharlarimiz, ayniqsa, Qo‘qon shahrining boy turistik salohiyatidan yetarlicha foydalanish, o‘zbek milliy hunarmandchilik an'analarini namoyish etish maqsadida o‘tkaziladigan festivalda yurtimizning har bir hududidan eng tajribali va iste'dodli hunarmandlar, shuningdek xorijiy davlatlardan ham hunarmandlar ishtiroki kutilmoqda. Festival doirasida Qo‘qon shahridagi markaziy maydonning yon atrofida hunarmandchilik san'atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlarini, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.

Tadbir o'tkazish sanasi

10-15 Sentabr

Tashkilotchilar

Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi

Tadbir o'tkaziladigan joy

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri

Bog'lanish

+99895 144-10-67; +99871 279-80-88