An'anaviy “Atlas bayrami” milliy matolar festivali

Festival yurtimizning iqtidorli hunarmandlari, san'at ustalarini, ellikdan ortiq xorijlik ekspert va sayyohlarni ko‘hna shaharga chorlaydi. Festival Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va san'atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutadi. Festival doirasida kashtachilik, kigiz to‘qimachiligi, an'anaviy kashtachilik, moda dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

Tadbir o'tkazish sanasi

Sentabr

Tashkilotchilar

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, Farg‘ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi

Tadbir o'tkaziladigan joy

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri

Bog'lanish

+99895 144-10-67; +99871 279-80-88