O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3982-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining 2018-yil 29 dekabrdagi 230-P-sonli buyrug'i asosida xorijiy turistlarni jalb qilish, mamlakatning turistik salohiyatini, infratuzilmasini va O`zbekistonda turizmning yangi turlarini rivojlantirish yo`nalishida xorijlik vatandoshlarni keng jalb qilish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yisha ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh a’zolarining asosiy vazifalari etib:
Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular orqali O`zbekistonning turizm salohiyatini keng targ`ib qilish bo`yicha ISHCHI GURUH A’ZOLARI:
SAIDOV UTKIR URALBOYEVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Yoshlar va turizmning alohida turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh koordinatori.
Ma'lumoti: Oliy. 2007-2010 yillar davomida Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavr yo‘nalishida, 2013-2015 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Davlat va jamiyat boshqaruvi fakulteti magistratura yo‘nalishida (Master in Public Sector Management) tahsil olgan.
Fokus davlatlar: AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Janubiy Koreya
DODIYEV FERUZ DJALOLOVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Halqaro aloqalar va protokol boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Ma'lumoti: Oliy. 2004-2009 yillar davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Jahon iqtisodiyoti va Halqaro iqtisodiy munosabatlar” bakalavr yo‘nalishida, 2009-2012 yillarda Rossiya TIV Diplomatiya akademiyasining “Halqaro munosabatlar” magistratura yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Rossiya, Janubiy Koreya.
MAKSUMOV AZIZ NODIRJON O‘G‘LI
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Ichki turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i.
Ma'lumoti: Oliy. 2010-2013 yillar davomida Malayziyaning Asia Pacific University of Technology and Innovation universitetida bakalavr yo‘nalishida, 2015-2017 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Tarmoqlar va sohalarda iqtisodiyot” magistratura yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Malayziya, Indoneziya
MIRZAYEV TEMUR ALIMOVICH
Lavozimi: Ziyorat turizm bo‘limi boshlig‘i.
Ma'lumoti: Oliy. 2004-2008 yillar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti - lingvistika yo‘nalishida, indonez-ingliz tillari. 2005-2006 yillar Indoneziyaning Surabaya davlat universitetida madaniy diplomatiya, tarjima yo‘nalishidagi kurs. 2009-2011 yillar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistratura boskichi. Tarjima yo‘nalishi.
Fokus davlatlar: Gretsiya, Shvetsiya, Avstraliya
MIRTOLIB MIRZAXIDOV MIRGAFUROVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti “Ipak yo‘li ofisi” UK (UNWTO ofisi) direktori
Ma'lumoti: Oliy. 1997-2001 yillar davomida Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavr yo‘nalishida, 2001-2003 yillarda Fransiyaning Tuluza shahridagi “L'Université Toulouse Capitole 1” universitetida “Geosiyosat va xalqaro munosabatlar” va “Xavfsizlik va xalqaro munosabatlar” fakultetlarida magistratura va doktorantura (PhD) yo‘nalishlarida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Fransiya, Turkiya, Avstriya, Saudiya arabistoni, Polsha.