O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3982-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining 2018-yil 29 dekabrdagi 230-P-sonli buyrug'i asosida xorijiy turistlarni jalb qilish, mamlakatning turistik salohiyatini, infratuzilmasini va O`zbekistonda turizmning yangi turlarini rivojlantirish yo`nalishida xorijlik vatandoshlarni keng jalb qilish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yisha ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh a’zolarining asosiy vazifalari etib:
Xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular orqali O`zbekistonning turizm salohiyatini keng targ`ib qilish bo`yicha ISHCHI GURUH A’ZOLARI:
MUSAYEV SARVAR ALISHEROVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Milliy PR markazi” DUK PR-menejeri
Ma'lumoti: Oliy. 2000-2005 yillar davomida Toshkent davlat sharkshunoslik instituti bakalavr yo‘nalishida, 2005-2007 yillarda Toshkent davlat sharkshunoslik instituti “Xorijiy mamlaktalar iqtisodi” magistratura yo‘nalishida, 2008-2010 yillar davomida Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Til va madaniyat universitetida “Xitoy tili” kurslari, 2010-2012 yillar davomida Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Xalkaro biznes va iqtisod universitetida “Xalkaro savdo” yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Xitoy
MUXAMADALIYEVA NODIRA BEGIM DAMINJONOVNA
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, BJTT “Ipak yo‘li ofisi” UK YUNVTO bilan ishlash bo‘yicha direktor maslaxatchisi.
Ma'lumoti: Oliy. 1996-2000 yillar davomida Andijon Davlat Universitetida bakalavr yo‘nalishida, 2001-2003 yillarda Andijon Davlat Universitetida “O‘zbekiston tarixi” magistratura yo‘nalishida, 2016-2018 yillar davomida Yaponiyaning Xirosima Universitetida “Xalqaro Munosabatlar” magistratura yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Yaponiya
Artikov Saloxiddin Muzaffarovich
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Innovatsiyalar va ta'lim xizmatlarini takomillashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Ma'lumoti: Oliy. 2014-2015 yillar davomida Ispaniyaning University of Balearic Islands universitetida bakalavr yo‘nalishida, 2012-2017 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Servis” yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Ispaniya
XUSANOV FIRUZ SAYDINASIMOVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Halqaro aloqalar va protokol boshqarmasi bosh mutaxassisi.
Ma'lumoti: Oliy. 2006-2011 yillar davomida Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining “Informatika va axborot texnologiyalari” bakalavr yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Rossiya
FAYOZOV AZIZBEK ADXAMOVICH
Lavozimi: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Turizm sohasi metodologiyasi boshqarmasi boshlig‘i v.b.
Ma'lumoti: Oliy. 2009-2013 yillar davomida Toshkent Davlat Sharkshunoslik instituti bakalavr yo‘nalishida tahsil olgan.
Fokus davlatlar: Ozarbayjon Respublikasi.