O‘zbekistondagi xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) Toshkent xalqaro klinikasi bilan hamkorlikda "Chin qalbdan" xayriya tadbirini boshlab berdi, uning asosiy vazifasi pandemiya bilan bog‘liq ushbu murakkab davrda mamlakat sayyohlik sanoati vakillarini qo‘llab-quvvatlashga karatilgan. "Chin qalbdan" aksiyasi doirasida, mamlakatimiz bo‘ylab foydali xayriya tadbirlari keng tashkil etilmoqda. Samarqand shahri esa navbatdagi manzil bo‘ldi.
Turizm sohasi tadbirkorlariga Qo‘mita huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ilk foizsiz ssudalar ajratila boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-sonli Farmoniga muvofiq, Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida turoperatorlar va joylashtirish vositalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga maqsadli foizsiz ssudalar ajratilishi tartibi belgilandi.
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi “Nasaf Travel” kompaniyasi bosh direktori, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati O‘ktam Xo‘jayorov, saxovatli yurtdoshlarimizdan biridir.
Zangiota tumanidagi «Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasi karantin davrida amalga oshirilayotgan xayriya ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
Samarqanddagi «BestTravel» sayyohlik kompaniyasi jamoasi ko’ngillilar bilan hamkorlikda hozirgi paytda yuzaga kelgan murakkab vaziyat tufayli Dubaydan o‘z vataniga qaytib kela olmagan O‘zbekiston fuqarolariga 10 kun davomida beg‘araz yordam ko‘rsatadi.