Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi “Nasaf Travel” kompaniyasi bosh direktori, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati O‘ktam Xo‘jayorov, saxovatli yurtdoshlarimizdan biridir.
Tadbirkor bugungi sinovli kunlarda yordamga muhtoj oilalarga moddiy ko‘mak berib, ularni og‘irini yengil qilishga hissa qo‘shmoqda.
Hozirgi og‘ir davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam berishi maqsadida prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini qo‘llab-quvvatlab, O‘.Xo‘jayorov birinchilar qatorida bu savobli ishga munosib hissa qo‘shishga qaror qildi.
Tadbirkor “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining Qarshi shahar jamg‘armasiga 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m mablag‘ni beg‘araz yordam sifatida o‘tkazib berdi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev – “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namoyoniga aylanishiga ishonaman”, — deya taʼkidlagan edi.