Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 433-son qarori bilan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.
1) Nizomga ko‘ra investorlar va tashkilotlar uchun mehmonxona qurish va uni jihozlashga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan quyidagi hajmlarda mablag‘ ajratilishi belgilangan:
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 40 million so‘m;
4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 65 million so‘m.
Subsidiya 2019 yil 5 yanvaridan 2022 yilning 1 yanvariga qadar foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun ajaratiladi.
Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ariza va quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:
Bunda investor tomonidan muvofiqlik sertifikatini olinishida ushbu jarayonga xizmatlar sohasidagi xorijiy “Katta to‘rtlik” kompaniyalarini jalb etish sertifikatlashtirishning majburiy sharti hisoblanadi.
2) Nizom bilan shuningdek Davlat byudjeti hisobidan tashkilotlarning royalti uchun sarflagan mablag‘i quyidagi hajmlarda qisman moliyalashtirish ham nazarda tutilgan:
3 yulduzli toifaga ega bo‘lgan dastlabki 50 ta mehmonxona - har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari;
4 yulduzli toifaga ega bo‘lgan dastlabki 30 ta mehmonxona - har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari.
Moliyalashtirish dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (“Brand Finance” reytngidagi TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida amalga oshiriladi.
Royalti moliyalashtirilishining umumiy hajmi 10 million AQSH dollariga teng.
Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ariza va quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:
Subsidiya olish va qisman moliyalashtirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga mos kelishi shart:
Ariza kelib tushgandan mablag‘ ajratilgungacha vaqt 20 ish kunini (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 30 ish kunini) tashkil etadi
Barcha tadbirkorlik sub'yektlarini yaratilgan imkoniyatdan foydalanish va o‘z mehmonxona biznesingizni boshlashga chaqiramiz!
To‘liq ma'lumot uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qiling!
«Koll-markaz» telefon raqami:
(0-371) 200-00-88