Litsenziyalash

 

Turizm faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 189-sonli qarorga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, litsenziyalovchi organga turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs litsenziya talabgori bo‘lishi mumkin.

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq turlarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, jumladan band (bron) qilish, joylashtirish, tashish, ovqatlanishni tashkillashtirish, shuningdek rekreatsiya, ekskursiya va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi litsenziya talabgorlariga beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish talab etilmaydi.

Litsenziyalovchi organ litsenziyani quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha beradi:

  • ichki turizm - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
  • chiqish turizmi - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
  • kirish turizmi - O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun.

Litseziyaning amal qilish muddati

Turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) litsenziya talabgorining nomi va tashkiliy - huquqiy shakli, tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomadagi turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun amaldagi muvofiqlik sertifikati va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun binoga huquqni beruvchi hujjatlardagi ma'lumotlarning mavjudligi, litsenziya talabgorining joylashgan joyi (pochta manzili), aloqa telefonlari, faks raqamlari, elektron manzili va bank rekvizitlari, shuningdek, ushbu talab etilayotgan turizm faoliyatining yo‘nalishi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;

b) "turizm" yo‘nalishidagi oliy ta'lim yoxud o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi diplomiga yoki litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda 3 yil muddatga beriladigan amaldagi malaka sertifikati nusxasi

v) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq turizm faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z mulki bo‘lgan yoki ijaraga olingan binolar mavjudligini tasdiqlovchi xujjatlar nusxasi;

g) turizm faoliyatini amalga oshirishda yo‘nalishi bo‘yicha ustav fondini shakillanganligini tasdiqlovchi xujjatlar nusxasi:

"ichki turizm" - yuridik shaxsning tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun qonunchilikda belgilangan miqdorga teng;

"chiqish va kirish turizmi" - eng kam oylik ish haqining kamida 400 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasiga ega bo‘lishi;

d) muvofiqlik sertifikati nusxasi, turizm xizmatlarining muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha tizimning mavjudligi

ye) ariza ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi xujjatlar nusxasi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

j) familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasportiga oid ma'lumotlar, uy manzili, ma'lumoti, aloqa telefonlari raqamlari ko‘rsatilgan rahbar to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.

Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar litsenziyalovchi organ mas'ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan hujjatlar va ma'lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, litsenziyalovchi organ rahbari o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan ekspert xulosasi asosida qabul qilinadi. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin ikki ish kuni mobaynida litsenziya beriladi. litsenziyalanadigan turizm faoliyati yo‘nalishi litsenziyada ko‘rsatiladi. Litsenziya litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan imzolanadi va litsenziatga beriladi.

Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziya berilishi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.

Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

  • litsenziya talabgorining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
  • litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi;
  • litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish. litsenziya dublikatini berish

Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ushbu bandning birinchi xatboshi talablarini buzgan holda litsenziyalanuvchi faoliyatni amalga oshirganlik faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ tegishli o‘zgartirishlarni litsenziyalar reyestriga kiritadi.

Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh ish kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladigan yig‘im undiriladi.

Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida beriladi.

Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladigan yig‘im undiriladi.

Litsenziyalar reyestri

Litsenziyalovchi organ turizm faoliyati litsenziyalari reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar - tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;

b) litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;

v) litsenziya blankasining seriyasi va raqami;

g) turizm faoliyati yo‘nalishi;

d) faoliyatning litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil, aloqa telefoni, faks raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa kontaktlar;

ye) turizm xizmatlari va turizm mahsulotlari sertifikatlari haqidagi ma'lumotlar;

j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilishning asosi va sanasi;

i) dublikat berishning asosi va sanasi.

Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma'lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun:

"ichki turizm" yo‘nalishida faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziya talabgorlaridan - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;

"chiqish turizmi" yoki "kirish turizmi" yoxud turizm faoliyatini bir turidan ortiq yo‘nalishlarda faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya talabgorlaridan - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga o‘tkaziladi.

Xujjatlarni ko‘rib chiqishga yig‘imni to‘lash uchun bank rekvizitlari

Kliyent:O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Adres: Mirzo Ulugbekskiy rayon, ul. Istiklol, 47
Tel.:

233-54-14

Qabul qiluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi
Bank: MB BB XKKM Toshkent shahri 
H/r: 2340 2000 3001 0000 1010
MFO: 00014
STIR: 201 122 919
Sh/r: 4001 1086 0262 6979 5010 0245 001
Turizm qo'mitasi stiri: 200 523 578

 

Reyestrni kurishga o'tish 

Reglamentni yuklab olish (Microsoft Office - Word hajmi 22 Кб)

 

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini litsenziyalash, sertifikatlash va muvofiqlashtirish boshqarmasi Boshlig'i:

Shakirov Farruh Mansurovich

Tel. (+998 71) 236-79-48

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan