Markaziy apparat

 

Marketing tadqiqodlari, milliy turistik mahsulotni targ’ib qilish boshqarmasi va xalqaro aloqalar bo‘limi

Temirhodjaev

 

Temirxodjaev Anvar Pulatovich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: 233-04-57, 233-84-31

 

Marketing tadqiqodlari, milliy turistik mahsulotni targ’ib qilish boshqarmasi asosiy vazifalari:

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Marketing tadqiqotlari, milliy turistik mahsulotni targ’ib qilish boshqarmasi va Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasiga oid milliy qonunchiligini tegishincha amalga oshirish hamda turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatning jahon turistik hamjamiyatiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish vazifasini bajaradi;

• Shuningdek, boshqarma O‘zbekiston Respublikasining BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti, chet davlatlar hukumatlari va milliy turistik ma'muriyati hamda xalqaro tashkilotlar bilan turizm sohasidagi aloqalarini o‘rnatishga xizmat qiladi. Boshqarmaning asosiy vazifalari qatoriga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hukumatlararo va idoralararo shartnomalarini bajarish, jahonning salmoqli turistik ko‘rgazma va yarmarkalarida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokini tashkil etish va bunda mamlakat turistik salohiyatini to‘liq namoyish etish, turistik mahsulotlarni keng jahon ommasiga targ‘ib etish kabilar kiradi;.

• Boshqarma turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “Buyuk Ipak yo‘li” brendini targ‘ib etish, sohaga oid tadqiqotlarni amaliy jihatdan tahlil etish va natijalari yuzasidan xulosalar berish ishlarini amalga oshiradi;

• Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Parlament va hukumat qarorlari, farmoyishlari va dasturlariga amal qiladi.

 

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi



Rasulov

Rasulov Sardor Tohirovich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: 236-78-29

 

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi asosiy vazifalari:

• Buxgalteriya hisobi barcha xo`jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo`li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish;

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari turizmni qo`llab-quvvatlash Jamg`armasi mablag‘lari xarajatlar smetasini tuzish va Qo‘mitaning so‘m (milliy) va valyuta mablag‘lari hisobini yuritish;

• Mulk hisobini yuritish;

• Ish haqini hisoblash va uning hisobotini yuritish;

• Ishchi xodimlarning Respublika hududida milliy (so‘m) valyutada hamda Respublika tashqarisida xorijiy valyutadagi xizmat safari xarajatlari hisobini yuritish;

• Uchinchi shaxslar bilan milliy valyutada hisob-kitov ishlarini yuritish, nazorat qilish;

• Belgilangan muddatlarda Qo‘mita tovar-moddiy zaxiralarini va pul mablag‘larini qaydlov (inventarizatsiya) dan o‘tqazish;

• Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish;

• Moddiy-javobgar shaxslarning faoliyatini nazorat qilish;

• Boshqarma faoliyati yuzasidan oraliq hisobotlarni tuzish;

• Mulkning asrash va uni hisobdan chiqarish tartibini nazorat qilish;

• Mintaqaviy bo‘linmalar tomonidan buxgalteriya hisobining yuritilishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berish;

• Pul mablag‘lari va moddiy qiymatliklarning kirimi va chiqimi hisobini yuritish;

• Qo‘mita rahbariyati uchun moliyaviy holat yuzasidan ma'lumotlar tayyorlash;

• Tizim tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobotini to‘g‘ri tuzilishi ustidan doimiy nazorat olib borish;

• Qo‘shimcha moliyaviy resurslarni topish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 

 

 Turizm sohasini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi 

 

akkulov

Akkulov Abdulaziz Urolboevich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: 236-77-26

 

 

Turizm sohasini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi asosiy vazifalari:

• Turizm sohasidagi faoliyatni sohalararo va mintaqaviy muvofiqlashtirish;

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mintaqalardagi bo’linmalari va vakillarining faoliyatini muvofiqlashtish;

• Turizm sohasini rivojlantirish milliy va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishi ustidan nazorat o’rnatish;

• Turizm sohasidagi loyihalar meyoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish;

• Turizm sohasi tadbirkorlik subyektlariga uslubiy va boshqa yordam ko’rsatish;

• Turizm sohasi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyat olib borishini nazorat qilish;

• Zamonaviy turizm sohasi trendlarini tahlil qilish va shunga muvofiq milliy turizm sanoatini rivojlantirish uchun istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha takliflar tayyorlash;

• Qo‘mitaning mintaqaviy bo’linmalari hodimlari ish jadvali va vazifalarini taqsimlashni ishlab chiqishda ishtirok etish;

• Qo‘mitaning qolgan boshqarma va bo’linmalari bilan hamkorlikda milliy turizm mahsulotini ishlab chiqish bo’yicha takliflar kiritish;

• Qo‘mita rahbariyati tomonidan belgilangan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.   

 

Ishlar boshqaruvi bo‘limi


Xamidullaev Taxir Xayrullaevich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: 233-71-56

 

Ishlar boshqaruvi bo‘limining asosiy vazifalari:

• Qo‘mitaning moddiy-texnik ta’minot va ho’jalikni yuritish va xizmat ko’rsatish ishlarini boshqarish;

• Qo‘mita mulkini muhofaza qilish va ro’yxatga olish (inventarizatsiya);

• Issiqlik va elektr quvvati, sovuq suv va isitish tizimidan foydalanish haqidagi bayonat va aktlarni o’z vaqtida topshirish;

• Qo‘mita binosida qurulish va ta’mirlash ishlarini olib borish;

• Qo‘mita binosidagi ischi xonalari va boshqa xonalarini ozozdalikda saqlash;

• Tashrif etadigan mehmonlar kirish-chiqishi hamda buyumlarni Qo‘mita binosiga olib kirish va undan olib chiqishni qoida asosida amalga oshirish;

• Qo‘mita mulkini qo’riqlash;

• Yong’in havfsizligi qoidalari va mehnatni himoya qilish qoidalariga amal qilish;

• Qo‘mita binosida qisman va kapital ta’mirlash ishlarini olib borish;

• Xizmat avtomobillariga xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini olib borish.

 

Kadrlar, rejim va tashkiliy-nazorat ishlari xizmati

Vahabova

 

Vakhabova Lidiya Gennadevna

Bosh mutahasis

Telefon: 233-71-14



Kadrlar, rejim va tashkiliy-nazorat ishlari xizmati asosiy vazifalari:

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tarmoq va boshqarmalar bilan birgalikda apparat tuzilmasini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish va kun tartibiga kiritish;

• Qo‘mita bo’linmalari faoliyati, Qo‘mita buyruq va topshiriqlari, Yalpi majlis tomonidan belgilangan tashkiliy va hodimlar vazifalari bo’yicha savol va topshiriqlarni muvofiqlashtiradi;

• Kadrlarni tanlash, vazifasi bo’yicha joylashtirish va ularning tayyorgarligi bilan shug’ullanadi.

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Qo‘mitaning Kollektiv bitimiga muvofiq ravishda, Qo‘mita markaziy apparati ishi uchun zarur ishchilar ishga joylashuvi, xizmat safariga chiqishi, mehnat ta’tiliga chiqiqshi, mehnat intizomi va boshqalar bilan bog’liq hujjatlarini rasmiylashtiradi;

• Belgilangan tardibda mintaqaviy boshqarmalar va Qo‘mita qo’l ostidagi tashkilotlar hodimlarini ishga tayinlash yoki ishdan olish bo’yicha takliflarni rahbariyatga havola qiladi;

• Yuqori lavozim uchun kadrlar zahirasini tashkil qilish bilan shug’ullanadi;

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimiga ko’ra mavjud kardlar salohiyati haqidagi joriy va ma’lum muddat oralig’idagi ma’lumotni to’playdi;

• Iqtisodiyot va tahlil xizmati bilan birgalikda kelajakdagi soha mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojni o’rganadi va unga yechim topadi;

• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi hamda Oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda kadrlar tayyorlash bo’yicha tadbirlarni, bitiruvchilar amaliyoti va ishga joylashuvi masalalarini bo’yicha hamkorlikni muvofiqlashtiradi;

• Turizm sohasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashuvini muntazam monitoring va nazorat qilashni ta’minlaydi;

• Mutaxassislarning Respublikamiz va chet el tashkilot, birlashma, ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, seminarlar va malaka oshirish darslariga ishtirok etishini tashkillashtirdi;

• Me’yoriy-huquqiy hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Buyruqlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari), Prezident Devoni va vazirlar Mahkamasi ko’rsatmalari, Qo‘mita Yalpi majlisi qarorlari hamda Qo‘mita rahbariyati buyruq va topshiriqlarining o’z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatadi;

• Qonunchilik hujjatlarga muvofiq ish olib borish yuzasidan nazoratni tashkil qilish masalasi bo’yicha qo’llanma va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi, Qo‘mita qoshidagi tashkilotlar, mintaqaviy bo’linmalar va aparat hodimlarining o’z vazifalari bo’yicha tushuntirish hamda uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi;

• Apparat hodimlari tomonidan ish tartibiga amal qilinayotgani ustidan nazoratni tashkil etadi va olib boradi, nazorat natijalarini tahlil qiladi va zarur bo’lsa chora ko’rish yuzasidan o’z taklifini kiritadi;

• Hodimlarni Davlat mukofotlari, Maqtov gramotasi, qutlov, qimmatbaho sovg’a va h.k. yordamida rag’batlantirishni tashkil etadi va taklif kiritadi;

• Kadrlar bilan ishlash bo’yicha Qo‘mita ma’muriyati va kasaba uyushmasi Qo‘mitasi o’rtasidagi o’zaro bitimga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

• Qo‘mita ning axborot havfsizlik siyosatini ishlab chiqishni tashkil etadi va uning Qo‘mita faoliyatiga targ’ib qilinishini ta’minlaydi;

• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) Qo‘mita tizimida istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini ishlab chiqish va aniqlashni amalga oshirish va buni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va zamonaviy xalqaro tendentsiyalar asosida olib borish;

• Qo‘mita tizimiga AKTning keng joriy etilishini va AKT yordamida interfaol xizmat ko’rsatish tizimini yaratishni tashkil etish va targ’ib qilish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishni ta’minlaydi;

• AKTdan keng foydalanish sohasida reklama-targ’ibot mahsulotlari, axborot manbalari, texnik talablar, qoida va standartlardan foydalanish va axborot havfsizligini ta’minlash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishni boshqarish.   

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini litsenziyalash, sertifikatlash va muvofiqlashtirish boshqarmasi

 

GazievGaziev Jamshid Mahkamovich

Xizmat boshlig‘i o`rinbosari

Telefon: 236-79-48

 

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini litsenziyalash, sertifikatlash va muvofiqlashtirish boshqarmasi asosiy vazifalari:

• O‘zbekistn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi Ishchi organi tomonidan Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish;

• Zaruriy qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Litsenziyalash komissiyasining protokol loyihalarini shakllantiradi, Qo‘mita rahbariyatiga protokol loyihalarining tasdiqlash jarayonidan o’z vaqtida o’tishi uchun takliflarni taqdim etadi va qarorni tasdiqlatadi;

• Komissiya a’zolari bilan yozishma olib boradi;

• Litsenziyalangan tadbirkorlik subyektlari umumiy reyestrini yuritadi;

• Litsenziya blanklarini tuzadi;

• Litsenziya berish tartibini optimallashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar hamda turizm sohasida faoliyat olib borishga ruhsat beradigan boshqa hujjatlar loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi;

• Chet ellik sayyohlarning O‘zbekistonda va O‘zbekiston fuqorolarining chet elda safar mobaynida kuzatilgan qoida buzish hollari bo’yicha turkompaniyalardan kelib tushgan ma’lumot bo’yicha chora-tadbirlar olib boradi;

• Turizm tizimidagi korxona va tashkilotlarga litsenziyalash bo’yicha qonunchilikni tadbig’ etish bo’yicha konsultativ va amaliy yordam ko’rsatadi. 

 

Yuridik bo‘lim

Karimova

 

Karimova Mahliye Ubaydulla qizi

Xizmat boshlig‘i

Telefon: 233-33-50

 

Yuridik bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari:

• Qo‘mita va uning tizimiga kiradigan bo’linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko’maklashish; 

• Qo‘mita va uning bo’limlarida faoliyat olib borayotgan hodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish;

• Huquqiy vositalar yordamida Qo‘mita va uning bo’linmalari mulkini himoya qilish faoliyatini tashkil etish;

• Qo‘mita ning shartnoma-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish;

• Sudlarda va boshqa idoralarda davlat Qo‘mita mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

 

Markaziy apparatning manzili:

100047, Toshkent shahar, Istiqlol ko’chasi 47
Telefon: (+998 71) 233-54-14 Faks: (+998 71) 233-80-68

 

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan