Gidlar va turoperatorlarga yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplash uchun 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar grantlar ajratiladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan sohada kadrlar yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn muloqot o‘tkazildi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda mamlakatimizdagi turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari professor va o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Turizm sohasi vakillari bandligining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Prezidentning 2021 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-son farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur farmon bilan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari ham kiritildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘tkir Saidov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘ldi.
“Chimgan ski battle 2021” tog‘ bayrami-festivali 2021-yil 18-21 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ bag‘rida bo‘lib o‘tdi.