Bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning o‘rnini mustahkamlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida “Ayollar sayohati” tadbirlari o‘z ishini boshlab, unda Oqqo‘rg‘on tumani va Chirchiq shahri xotin-qizlari ishtirok etishdi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamkorligida mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish mavzusiga bag‘ishlangan videokonserensiya o‘tkazdi.
Andijonda viloyat Turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda hududda faoliyat yuritayotgan turistik kompaniyalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda asosiy eʼtibor O‘zbekiston Prezidentining kuni-kecha turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yana-da ommalashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlari ijrosiga qaratildi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Madaniy meros haftaligi ishtirokchilarini O‘zbekiston Hukumati nomidan xalqaro darajada o‘tkazilayotgan bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugunga kelib anʼanaga aylangan ushbu nufuzli anjumanga alohida eʼtibor berib, uning ahamiyatini yuksak baholashini alohida taʼkidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekistonning madaniy merosi - yangi uyg‘onish poydevori” haftaligi doirasida yurtimizning madaniy va tarixiy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha promo-aksiya o‘tkazmoqda.