Koronavirus bilan bog‘liq global pandemiya butun dunyoda murakkab vaziyatni yuzaga keltirib, jahon iqtisodiyotining deyarli barcha sohalariga taʼsir ko‘rsatdi. Uning salbiy taʼsiri ayniqsa turizm sohasida salbiy aksini topdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘tkir Saidov boshchiligidagi ishchi guruh ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Turkiyaga tashrif buyurib, u yerda jahonga mashhur “Pegasus Airlines” aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahri, jumladan, Sergeli tumanining turizm salohiyati o‘rganilib, barcha mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etishga doir targ‘ibot ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati hokimligi hamda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qozog‘iston turizmi sohasidagi yirik vazirlik va assotsiatsiyalar bilan sohasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, Navoiy viloyatida ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.