Yangiliklar
Yangiliklar
Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi

20-avgust kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga qoʻshilishga doir muhokamalar jarayoni va spetsifikasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro konsultantlar bilan bir qatorda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST masalalari boʻyicha maslahatchisi Yovan Yekich ham ishtirok etdi.

  21.08.2019     356
Toshkentda xokkey boʻyicha Oʻzbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkaziladi

23-24-avgustda Toshkentdagi koʻp tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyida xokkey boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab xalqaro turnir oʻtkaziladi. Musobaqada Tungi xokkey ligasining doimiy ishtirokchisi, Rossiyaning “Premyer” jamoasi hamda Oʻzbekistonning “Toshkent” va “Xumo” klublari faxriylari ishtirok etadi.

  21.08.2019     653
Ryazandagi Qadimiy shaharlar xalqaro forumida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari sayyohlik salohiyati namoyish etildi

14-18-avgust kuni Ryazanda (Rossiya) Qadimiy shaharlar II Xalqaro forumida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining turistik salohiyati namoyish etildi.

  19.08.2019     519
Oʻzbekiston aeroportlari xorijiy aviakompaniyalar uchun ochilmoqda

Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini aviatashuvlar tizimida mavjud muammolarni yechish yoʻli orqali koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2019-yilning 1-oktyabridan “Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” darajasini qoʻllagan holda “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinadi, “Buxoro” xalqaro aeroporti ham xorij fuqarolarini tashish uchun xuddi shunday erkinlikni qoʻlga kiritadi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Tashish tizimini yaxshilashga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi v.b. Zafarjon Vohidov “Ochiq osmon” rejimi boʻyicha izoh berdi.

  19.08.2019     569
Rossiyada yashovchi vatandoshlar bilan Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilish masalalari muhokama qilindi

Ryazan viloyatida oʻtkazilgan II Xalqaro qadimiy shaharlar forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida yashovchi faol vatandoshlar guruhi bilan uchrashdi.

  19.08.2019     294