Yangiliklar
Yangiliklar
Konya va Selchuk shaharlarining turizm turlarini rivojlantirishga doir tajribasi oʻrganilmoqda

Oʻzbekistonning turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari Turkiya madaniyat va turizm vazirligi hamda Konya va Selchuk shaharlari hokimliklariga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif Turk dunyosi Mahalliy hokimiyatlar birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

  14.09.2019     275
Qoʻqon Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga kiritildi

13-sentyabr kuni Xalqaro amaliy sanʼat festivali doirasida Butunjahon hunarmandlarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha kengashi rahbari Gada Kaddumi xonim Qoʻqon hokimi Maʼruf Usmonovga shaharning Butunjahon hunarmandlar shaharlari roʻyxatiga (oʻymakorlik yoʻnalishi boʻyicha) kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikatni topshirdi.

  14.09.2019     299
Oʻzbekiston va Turkiyaning gastronomik turizmni rivojlantiruvchi uyushmalari oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Oʻzbekistonning turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari Turkiya Gastronomik turizm uyushmasi (GTD)ga tashrif buyurdi. Tashrif Turk dunyosi Mahalliy hokimiyatlar birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

  14.09.2019     174
Oʻzbekiston-Tatariston: Turkompaniyalar va kasaba uyushmalari oʻrtasida hamkorlik kuchaytiriladi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozon shahridagi Bosh konsullik koʻmagida Tatariston Respublikasi turistik kompaniyalari hamda kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Unda Tatariston Respublikasi Turizm davlat qoʻmitasi raisi Sergey Ivanov ham ishtirok etdi.

  14.09.2019     118
Xiva “Raqs sehri” xalqaro festivali mehmonlarini qarshi olmoqda

14 – 16-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Raqs sehri” xalqaro festivali boʻlib oʻtmoqda. Tadbirda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan Xiva shahriga tashrif buyurgan sanʼatkorlar badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishadi.

  14.09.2019     198