Samarqanddan atigi 13 km uzoqlikda “Konigil” turizm qishlog‘i joylashgan. Mazkur hudud asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan noyob hunarmandchilik an’analari bilan mashhur sanaladi.
2021 yilning 10 yanvaridan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy hamda yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatda qisqa muddatli ijaraga berish huquqi beriladi.
“Elektrooko” guruhi barchangizni 3-yanvar kuni, soat 17:30 da “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortidagi “Amirsoy Lounge” restoraniga taklif etadi.
Saidov O‘tkir O‘rolboyevich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Xorazm viloyati Xiva shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari tomonidan olib borilgan targ’ibot ishlari natijasida "Sangar", "Ichan Qal’a", "Kaptarxona" mahallalarida bir kunda 5 ta yangi oilaviy mehmon uyi o‘z faoliyatini boshladi.