Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti, Drezden amaliy fanlar universiteti rahbariyati va talabalari hamkorligida “Pandemiya sharoitida va undan keyin O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirish” mavzusida qo‘shma videokonferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ziyorat turizmini rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Kasimov va Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.
Joriy yilning 18-21 dekabr kunlari “Tashkent city”da joylashgan Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlari forumi 2020” o‘tkazildi.
17-29 dekabr kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlar xodimlari uchun “Professional ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullari” mavzusida onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.
Ertaga, 24 dekabr kuni “Madaniy merosni saqlash - turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim omil” xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi bo‘lib o‘tadi.