"Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi" Davlat unitar korxonasi
Non scholae, sed vitae discimus.
Maktab uchun emas, hayot uchun ta'lim olamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2016 yil 2 dekabrdagi, PQ-2666-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Tashkilot vazifasi: turizm sohasi bo‘yicha malakali xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
"TSKTvMORM" DUK maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida turizm sanoatini va turizm chora tadbirlarini o‘tkazishga va sohani rivojlantirishga
ko‘maklashish;
Turizm sohasi uchun malakali xodimlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
Yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni respublikamizning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, jamoatchilik va siyosiy hayoti to‘g‘risida ishonchli ma'lumotlar bilan ta'minlash.
"TSKTvMORM" DUKning asosiy vazifalari
Курсовая подготовка специалистов по следующим направлениям:
Turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, gid-ekskursovodlar, turizm korxonalari rahbarlari uchun har yil
seminar-treninglar o‘tkazish;
Belgilangan tartibda o‘z turistik firmalarini ochmoqchi bo‘lgan korxonalarga sohaviy konsultatsiya berish;
Turizm bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni zamonaviy o‘quv uslublari va darsliklari bilan o‘qtishni ta'minlovchi materiallarni ishlab chiqish;
Milliy an'analar va urf odatlar, yangi turistik ob'yektlar bo‘yicha tavsiyanomalar va ishlanmalar tashkillashtirish;
Gid-ekskursovodlarning “Portfeli” uchun broshyuralar, bukletlar, zaruriy metodik adabiyotlar, ekskursion matnlar shlab chiqish
Yirik turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy hamkorlar va investorlar bilan birga amaliy seminarlar tashkil qilish;
Respublika tarixiy-madaniy salohiyatidan maksimal foydalangan holda mashrutlar va ekskursiyalarni ishlab chiqish
va amalga oshirish.
Respublika ekskursovodlari va gid-tarjimonlari bankini shakllantirish va uni muntazam yangilab turish;
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha dasturlar va ishlanmalarni yaratish va amalga tatbiq etish;
Xalqaro turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan fikr almashish va ma'lumot olish.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish
"TSKTvMORM" DUK qo‘yidagilar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:
Gid (ekskursovod);
Turoperator;
Mehmonxona administratori.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash qo‘yidagi toifalarda amalga oshiriladi:
Turizm sohasida, mehmonxona, restoranda faoliyat ko‘rsatuvchi rahbarlar;
gidlar (ekskursovlar);
Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi bosh hisobchilar, iqtisodchilar;
Avtotransport muassasalari rahbarlari va xodimlari;
Temir yo‘l transporti bo‘yicha faoliyat yurituvchi ishchi xodimlari.
Ta'lim shakli:
Leksiya;
Seminarlar;
Treninglar;
Ob'yektlarda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish.
10 yil mobaynida Markaz qo‘yidagilarni tayyorladi:
1.900 gid xizmatini ko‘rsatuvchilar;
800 dan ortiq turoperatorlar, mehmonxona xo‘jaligi xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi ichki turizmini tashkillashtirish bo‘yicha 2 ta ilmiy-amaliy konferensiya;
Turoperatorlik va mehmonxona faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarildi;
Buyuk Ipak yo‘li shaharlarining qadimiy yodgorliklari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi;
Gid-tarjimonlar va turoperatorlar kurslarida ta'lim olayotganlarni o‘quv materiallari, elektron qo‘llanmalar bilan ta'minlash
O‘quv rejalari va dasturlari
Professional bilimlarga, zamonaviy standartlari bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mehnat bozori talablariga muvofiq keluvchi mutaxassislarni kompleks tayyorlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari.
Dasturlarda tinglovchilar uchun nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham olib boriladi.
Markaz ta'limining yillik ko‘lami 6 o‘quv soatida 36 soatgacha olib boriladi. Ta'lim –seminarlar, leksiyalar, treninglar ko‘rinishida bo‘ladi.
Interfaol uslublardan keng keng foydalanib: vaziyatni modellash, o‘yinlari, muhokamalar uslubi targ‘ib etiladi
Pedagogik tarkib
Markazda malakali o‘qtivchilar faoliyat ko‘rsatib, ularda ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy Akademiyasining a'zolari bo‘lib, ilmiy daraja va salohiyatga ega hisoblanadilar.
Markazda ta'lim berish uchun boshqa vazirlik va idoralardan turizm sohasida yuksak tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis va xodimlar ham jalb qilinadi.
Ta'minot
"TSKTvMORM" DUKning barcha o‘quv auditoriyalari va xonalari, eshitish kabinetlari texnik asbob-uskunalar bilan ta'minlangan. Markaz yonida tashkil qilingan Axborot markazida turizm sohasiga oid adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar mavjud.
Rahbariyat
Direktor - Golisheva Yelena Vyacheslavovna
Markaz hamkorlari:
IIZ DVV International, «O‘zbekiston xavo yullari»MAK, «Uzjeldorpass» OAO.
Manzil:
100077, O‘zbekiston, Toshkent shahri,
Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi, 115-a,
( «Sayoxat» mehmonxonasi yonida)
Aloqa ma'lumotlari:
tel.: 268-73-67, 267-73-71
faks: 268-00-25
Website: www.study-uzbektourism.uz
Е-mail: info@study-uzbektourism.uz