
Bugungi kunda mamlakatimiz va fuqarolarimiz og‘ir sinovli kunlarni boshidan kechirmoqda, bunday vaqtda barchaning sa'y-harakati har qanday xavfni maksimal darajada og‘riqsiz yengib o‘tishda yordam berishi mumkin. Faqatgina hammamiz jipslashib va to‘g‘ri o‘ylangan xatti-harakatlar orqali COVID-19 koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq barcha xavf va muammolarni yengib o‘tishimiz mumkin.
Mamlakat imijini shakllantirishda faoliyati muhim bo‘lgan turoperator va otelyerlarning aksariyati xorijiy sayyohlarga yuzaga kelgan to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam berib, koronavirus bilan bog‘liq muammolarni operativ hal qilishga harakat qilishmoqda.
“Karantin davrida qiyinchilikka duch kelgan kishilarga ko‘mak beriladi. Shu bois O‘zbekiston turistik biznes vakillarining muvofiqlashtirilgan imkoniyatlaridan foydalanib, vaziyatni yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shishga, shuningdek taqdir taqozosi bilan karantin kunlarida mamlakatimizda bo‘lgan chet ellik sayyohlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz”, - dedi XSTU raisi Gulchehra Isroilova.
O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) tomonidan “Chin qalbdan” xayriya aksiyasi o‘tkazilib, uning vazifasi xorijiy turistlarga ko‘mak berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Aksiya doirasida XSTU a'zolari sa'y-harakatlari bilan ma'lum miqdordagi mablag‘ni yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi.
Endi dadil harakat qilish vaqti keldi! Agar mamlakatimizdagi xorijiy sayyohlar qandaydir (tashkiliy, konsultatsion, psixologik, sog‘liq yoki joylashuv bilan bog‘liq muammolar) qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lishsa, XSTU qaynoq liniya raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish yo Telegram orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz: (+97) 727 20 04.
XSTU Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga, turoperator va otelyerlar hamkorligida “Chin qalbdan” xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan chet ellik sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan muammolarini operativ hal qiladi.
“Chin qalbdan” xayriya aksiyasining hamkori O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar va mehmonlarga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega Toshkent Xalqaro Klinikasi (TXK). Klinika tibbiy yordam zarur bo‘lgan holatlarda 24/7 rejimida qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Toshkent Xalqaro Klinikasiga quyidagi telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+99871) 291 01 42 yoki (+99871) 291 07 26
Barchamiz birga har qanday xavf-xatarga qarshi turib, sayyoramiz tarixidagi murakkab davrdan munosib o‘tishimiz mumkin!
XSTU Telegram kanaliga qo'shiling: https://t.me/aptauzbekistan