
“Movarounnahrda Samarqand va Keshdan so‘ng bundan kattaroq qo‘rg‘on yo‘q. Shaharga to‘qqiz tarnov suv kiradi. Ajabki, biror yerdan tashqariga chiqmaydi” (“Boburnoma”).
Ziyoratgohlarga boy zamin, hunarmandchiligi, dam olish maskanlari va sport ustalari bilan dunyoga tanilgan o’lkada mehmon bo‘ling.
Zamon bilan hamnafas bo‘lish barobarida o’z milliy qadriyatlarini yo’qotmagan Andijon viloyatiga xush kelibsiz!