
Tabobat ilmining sultoni, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlarimizdan biri – Abu Ali ibn Sino.
Abu Ali ibn Sino Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan bo‘lib uning tib ilmiga oid risolalari Sharq hamda G‘arbda juda mashhurdir.
Olimning “Tib qonunlari” hamda “Sayyohlar uchun qo‘llanma” (“Fiy tadbir al musofiriyn”) asarlari — tibbiyot ilmi mutaxassislari va umuman, dunyo ahli uchun bir necha asrlardan o‘tib, to bugunga qadar zarur qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Abu Ali ibn Sinoning o‘z zamonasida tabobat ilmida yuksak darajaga erishagani va hatto bugungi kunda ham alohida eʼtirofga sazovor bo‘layotganiga ayniqsa bugungi sinovli kunlarda yana bir bor guvoh bo‘lmoqdamiz. Zero bugun dunyoning barcha tibbiyot tashkilotlarining pandemiya davrida odamlar o‘zini qanday tutish kerakligiga oid maʼlumotlari bundan ming yil ilgari ulug‘ tabibimizning bu haqida qoldirgan ilmiy merosi naqadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.
Buyuk tabib odamlarni eng avvalo vahimadan qutqarish kerakligini taʼkidlagan. Ko‘chadan kelib, ust-boshni sirka bilan artish lozimligini uqtirgan, chunki kasallik yuz-qo‘llar va kiyimlarga yopishadi. U ko‘pchilikning bir yerda to‘planmasligini, shuningdek kasallarni alohida xonada yotqizishni tavsiya qilgan.
Taʼkidlash joizki, oradan o‘n asr o‘tgan va tabobat ilmi dunyoda ancha rivojlangan bo‘lishiga qaramay, Ibn Sinoning karantin davriga oid qoidalari bugungi kunda ham dorzalbligicha qolmoqda.
Shunday ekan, har birimiz masʼuliyatni bo‘ynimizga olgan holda, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilsak, o‘zimiz va atrofdagilarni kasallikdan saqlagan bo‘lamiz. O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang, karantin qoidalariga amal qiling!