
O‘zbekiston Geografiya jamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining o‘zaro hamkorligida tashkil etilgan “O‘z diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur tanlovga hududlardan jami 517 ta fotomaterial kelib tushdi.
Tanlovda faol ishtirok etib, hududlar bo‘yicha faxrli o‘rinlarni olgan qatnashuvchilarning materiallari quyidagilar:
1. “Ayoz qal’a” fotoasari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
2. “Zomin tog‘larida” fotoasari (Jizzax viloyati)
3. “Zumrad ko‘l” fotoasari (Namangan viloyati)
4. “Taxtaqoracha dovoni” fotoasari (Samarqand viloyati)
5. “Boysun tog‘idagi Xo‘ja Gur-gur ota sari” fotoasari (Surxondaryo viloyati)
6. “Nanay” fotoasari (Toshkent viloyati)
7. "Gʻilon qishlog‘i” fotoasari (Qashqadaryo viloyati)
Shu bilan bir qatorda, hakamlar hay’ati tomonidan 4 ta nominasiyalarda g‘olib deb topilgan ishlar ham aniqlandi:
– tabiat manzarasi aks etgan eng yaxshi fotosurat – “Qush tili (Lison ut tayir) qoyasi”
– tarixiy obida tasvirlangan eng yaxshi fotoasar – “Amir Temur maqbarasi qishda”
– ziyoratgoh aks etgan eng yaxshi fotosurat – “Qosim Shayh maqbarasi”
– eng yaxshi panorama fotosurat i – “Baxmalning baxmal adirlari”
Hakamlar hay’ati tanlov kutilganidan ham qiziqarli, mazmunli va yorqin suratlarga boy bo‘lganini ta’kidlab o‘tdilar.
Tabiatsevar yurtdoshlarimizga ushbu tanlovda ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildirdiramiz!