
Ertaga, 24 dekabr kuni “Madaniy merosni saqlash - turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim omil” xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda. Simpoziumda taniqli olimlar, san’at arboblari, arxeologlar va xalqaro universitetlar professorlari, Polsha, Misr, Italiya, Gretsiya va O‘zbekistonning madaniyat, arxitektura va dizayn sohasidagi ekspertlari ishtirok etadi.
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
• Zamonaviy arxitekturani rivojlantirish tendensiyalari, O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash;
• Islom madaniyatining Samarqand arxitekturasiga qo‘shgan hissasi;
• O‘zbek xalqining boy badiiy merosi, jahon san’ati tarixidagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari hamda xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tendensiyalar, shuningdek, dunyodagi madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi intellektual turizm va innovatsion tendensiyalar.
O‘tkazilish vaqti: 14.00-18.00
Tadbir tili: ingliz, rus
Sayt: https://zoom.us/j/4806349739
Konferensiya identifikatori: 480 634 9739
YouTube tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir havolasi: https://www.youtube.com/channel/UCB1cKhxEJgvAjoANCvv403