
7-9 iyun kunlari Xiva shahrida Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar o‘yinlari o‘tkazildi. Turnir davomida musoboqani yoritib borayotgan mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda “World Strongmen” federatsiyasi o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikning kelgusidagi istiqbollariga bag’ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov va “World Strongmen” federatsiyasi prezidenti Vladislav Redkin (Latviya) hamda Mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Musoboqa doirasida tashkil etilgan ushbu matbuot anjumanida Abdulaziz Aqqulov bugungi kunda mamlakatimiz bo’ylab turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so’z yuritdi. U kelgusida “World Strongmen” federatsiyasi bilan hamkorlikni yangi bosiqichga ko‘tarish kerakligi, yurtimizni butun dunyoga tanitishda sportning o’rni beqiyosligi, ayniqsa, etnosport va sport turizmi yo’nalishlarini O’zbekistonda yanada ravnaq toptirish kerakligiga to’xtaldi.
Shu bilan birga, “World Strongmen” federatsiyasining prezidenti Vladislav Redkin (Latviya) ham Qo’mita raisiga ushbu ulkan tarixiy ahamiyatga ega musobaqani O’zbekistonning tarixiy shaharlaridan birida o’tkazish, aniqroq qilib aytganda “Ochiq osmon ostidagi muzey”da tashkil etilishida qo’shgan hissasi uchun federatsiya rahbariyati va o’zining nomidan minnatdorchilik izhor etdi.
Shuningdek, ushbu matbuot anjumanida xorijlik jurnalistlar ham o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarini yo’llab ularga asosli javob oldilar.
Matbuot anjumani yakunida Xivada o‘tkazilgan “Bahodirlar o‘yinlari” I-xalqaro turnirini tashkil etishda katta yordam bergan “World Strongmen” federatsiya prezidenti Vladislav Redkinga Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'z navbaida “World Strongmen” federatsiyasining prezidenti Vladislav Redkin (Latviya) ham Qo’mita raisiga ushbu ulkan tarixiy ahamiyatga ega musobaqani O’zbekistonning tarixiy shaharlaridan birida o’tkazish, hususan “Ochiq osmon ostidagi muzey”da tashkil etilishida qo’shgan hissasi uchun federatsiya rahbariyati va o’zining nomidan minnatdorchilik izhor etdi.
Shuningdek, ushbu matbuot anjumanida xorijlik jurnalistlar ushbu turdagi musobaqalarni kelgusida qaysi shaharlarda o’tkazish rejalashtirilayotgani haqida asosli javob olishdi.
“World Strongmen” federatsiyasining prezidenti Vladislav Redkin mahalliy jurnalistlarga sportchilar musobaqa doirasida va yakunida O’zbekistonning turizm salohiyatini targ’ib etuvchi rasmlar va videoroliklarni, o’zlarining ko’p sonli muxlislarga ega ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib borishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Bahodirlar o‘yini”ni yoritib borishda 30 dan ortiq mahalliy va 10 ga yaqin xorijiy OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati