Investment visa: Xorijiy investorlar uchun maxsus viza joriy etiladi
21.09.2019
Prezidentning 2019-yil 19-sentyabrdagi 5833-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qoʻshimcha (elektron boʻlmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi.
2019-yilning 5-yanvaridagi 5611-sonli Farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, roʻyxatda mavjud boʻlgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qoʻshiladi.
Taʼkidlash joizki, “Investment visa” Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.
Investment visa: Хорижий инвесторлар учун махсус виза жорий этилади
21.09.2019
Президентнинг 2019 йил 19 сентябрдаги 5833-сонли Фармони билан Ўзбекистон Республикасига ташриф буюрувчи хорижий фуқароларнинг айрим гуруҳлари учун қўшимча (электрон бўлмаган) кириш визалари тоифаларини жорий этиш рўйхатига қўшимча киритилди.
2019 йилнинг 5 январидаги 5611-сонли Фармонига киритилган қўшимчага кўра, рўйхатда мавжуд бўлган “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” лар қаторига энди “Investment visa” ҳам қўшилади.
Таъкидлаш жоизки, “Investment visa” Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётига белгиланган БҲМнинг 8 500 баравари миқдорида инвестиция киритган хорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларга расмийлаштирилади. Ушбу визанинг амал килиш муддати уч йил.