
2019-yil 23-yanvar kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻi loyihasi reglament.gov.uz saytida eʼlon qilindi. Biz turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan yoʻllagan murojaatimizga ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillarining befarq emasliklari hamda mazkur hujjat loyihasining faol muhokamaga qoʻyib, keyin qabul qilinayotganidan mamnunmiz.
Shu munosabat bilan hujjat loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvar kunidagi PQ-4095-son qarorining alohida bandlari, xususan “Qonunchilikka binoan mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼiy nazar koʻrsatilishi lozimligi” toʻgʻrisidagi bandning ijrosini toʻgʻri talqin qilish hamda mehmonxona xizmatlarini taqdim etadigan tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam koʻrsatish, shuningdek turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda taqdim etildi. Turizmning turli yoʻnalishlarini, xususan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida hujjat loyihasiga asosan turizm sohasida faoliyat olib borayotgan subyektlarga oʻz bizneslarini rivojlantirish yoʻllarini va aholining ayrim toifalarini kamsitmagan holda hamda amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzmasdan maqsadli mijozlar auditoriyasini mustaqil ravishda tanlash imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga, alohida taʼkidlashni istardikki, Qoʻmitaga tadbirkorlik subyektlari tomonidan fuqarolarga mehmonxona xizmatlarini taqdim etishdan asossiz ravishda bosh tortgan qator holatlar haqida xabarlar berildi. Hujjat loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy kodekslari bilan tasdiqlangan qoidabuzarliklarni rad etish uchun asos boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.
Biz ushbu bandning matni ustida yana ish olib borish talab etayotganini tushunamiz va shu sababdan hujjat loyihasi yuzasidan takliflarni toʻplash uchun jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va maqolalarda berilgan fikrlarni faol muhokama qilish va koʻrib chiqilishi kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholining ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning borishini toʻgʻriligidan yana bir bor dalolat beradi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati