
Filmni tasvirga olinganligi haqida sizga avvalroq ma’lum qilgan edik. Parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan bo’lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagʻishlangan.
Film O’zbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan. Olovuddin rolini ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etgan.
Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videohostingidagi devinsupertramp kanalining Amerikalik rejissyori Devin Grem tomonidan ishlangan.
“O’zbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi huddi filmdagidek ko’rinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati judayam do’stona, taomlar esa nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi”, - deb izoh qoldirilgan kanalda.
Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi bo’lib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq koʻrilgan.