Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlashtirish markazi

 

 

"TXKvDM" DUK

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yilning 2-dekabridagi ПП-2666 “Ozbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkillashtirish to’g’risida”gi farmoniga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi”, O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi qoshidagi “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK ga o’zgartirildi,

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi”ni tashkil etish 29.11.1993 yili “O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari” haqidagi farmoni va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga binoan Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani hokimi tomonidan 1994- yilning 7-yanvaridan boshlab № 14 – PX o’z faoliyatini yurutishni boshlagan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi turizmni qollab quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2009-yil noyabr oyidagi protokol qaroriga muvofiq horijiy sayyohlarni kutib olish va kuzatish hamda ularga yuqori darajali xizmatlarni ko’rsatish maqsadida18.08.2009 yildan boshlab “Toshkent” Xalqaro aeroporti zalida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga asosan ochildi.

“Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasi aeroportlari va temiryo’l vokzallarida horijiy mehmonlarni kutib olish va kuzatish;
  • O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyati bilan bog’liq delegatsiya a`zolarini hamda yuqori darajali davlat organlari delegatsiyalari a`zolari va mehmonlarini kutib olish va kuzatish;
  • O’zbekiston Respublikasi hamda chet el fuqorolari uchun turli hildagi xizmatlarni  tashkil etish va ko’rsatish;
  • Horijiy hamkorlar, sayyohlik firmalari va mehmonxonalar bilan o’zaro manfaatli bo’lagan kelishuvlar olib borish;
  • Horijiy sayyohlar uchun kerakli bo’lgan bojxona va passport tekshiruv jarayonlarini yengillashtirishda yordam berish hamda aeroport va temiryo’l vokzallari bilan bog’liq masalalarni hal qilish;
  • Yakka va guruh ko’rinishdagi sayyohlarni kutib olish va kuzatish ishlarini nazorat va analiz qilishni amalga oshirish va ularning harakatlanishi haqida hisobot tayyorlash;
  • Yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun aeroport va temiryo’l vokzallarida axborot markazlarini tashkil etish;
  • Horijiy sayyohlar “Toshkent” Xalqaro aeroportiga yetib kelganida ularga aeroport hududidagi XVVIVG bo’linmasida viza olish va chiqish vizasini cho’zdirishda ularga ko’maklashish;
  • Mehmonxona, avia va temiryo’l biletlarini band qilish;
  • Reklama mahsulotlari, axborot materiallari va esdalik sovg’alarini amalga oshirish.

Ko’rsatiladigan xizmatlar:

  • O’zbekiston Respublikasi aeroportlarida horijiy sayyohlarni kutib olish va kuzatish;
  • “Toshkent” XA da  O’zbekiston Respublikasi fuqorolarini kuzatish;
  • “Toshkent” XA CIP zalida xizmat ko’rsatish.

Kompleks xizmatlar – Toshkent shahar aeroportlarida kutib olish va mehmonxonalarga olib borish.

Komplaeks xizmatlar – Toshkent shahar aeroportlarida kuzatish va mehmonxonadan aeroportga olib borish (pick up);

-Mehmonxonalarda xonalarni band qilish;

-Viza ko’magi;

-Tur va ekskursiyalar tashkil qilish;

-Transferlarni tashkil qilish;

-“Toshkent” XA dan kelib ketuvchi horijiy sayyohlarga tegishli tibbiy yordam xizmatlarini ko’rsatish;

-Toshkent shahridagi aerportlarga taksi yetkazib berish va buyurtma berish:

Rahbariyat

“Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK direktori-

Ravshanbekov Javlonbek Ravshanbekovich

Manzil: O’zbekiston, 100077 Toshkent shahri, Ipak Yo’li ko’chasi, 115

Tel: 998 71 268-17-91; 998 94 638-00-03

Faks: 998 71 268-17-91

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

"TXKvDM" DUK - ustavi (.pdf hajmi 2,6 mb)

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan

Hozir saytda 145 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0