Sanitar-gigiena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta'mirlash va qurishdagi imtiyozlar

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari rivojlangan turizm infratuzilmasini ajralmas qismi hisoblanadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasi ko‘rsatishicha, bugungi kunda turistlar tashrif buyuradigan jamoat joylari va ob'yektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etishga katta ehtiyoj mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarori, shuningdek, Hukumatning hududlarda turizm sohasini rivojlantirishga oid topshiriqlarida turistlar gavjum bo‘ladigan joylarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurib (qayta qurib), ularni zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan holda foydalanishga topshirilishini ta'minlash vazifasi belgilangan.

Ushbu vazifani davlat-xususiy sherikchiligi asosida tezkor amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari uchun quyidagi afzalliklar va sharoitlar joriy etilgan:

1)xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish, qayta tiklash va kapital ta'mirlashga sarflagan 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan xarajati uning soliq solinadigan bazasidan ayirib tashlanadi. Bunda, soliq solinadigan bazaning 100 million so‘mgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda, 2020 yil 1 yanvar muddatigacha amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 13 avgustda 3053-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”);

Masalan: 2018 yilning sentyabr-oktyabr oylarida xo‘jalik yurituvchi sub'yekti - umumiy ovqatlanish nuqtasi o‘z hududida barcha mijoz va yo‘lovchilar foydalanishlari uchun sanitar-gigiyena shoxobchasini jami 60 mln. so‘mga qurib foydalanishga topshirdi. Mazkur sub'yekt tomonidan 2018 yilning 3-choragida jami soliqqa tortiladigan daromadi 80 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, soliqni faqatgina 20 mln. so‘mdan to‘laydi.

2)turizm infratuzilmasi ob'yektlaridagi (tarixiy va me'moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko‘rsatish ob'yektlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, yo‘lbo‘yi infratuzilmasining servis xizmatlar ko‘rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do‘konlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni) sanitariya-gigiyena shoxobchalarini saqlash uchun xarajatlar, ya'ni farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan qilingan 12 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi xarajatlar ularning soliq solinadigan bazasidan ayirib tashlanadi (yuqorida keltirilgan Nizom);

Masalan: Xo‘jalik yurituvchi sub'yekti - umumiy ovqatlanish nuqtasi o‘z hududida barcha mijoz va yo‘lovchilar foydalanishlari uchun tashkil qilgan sanitar-gigiyena shoxobchasini saqlash uchun 2018 yilning sentyabr oyida 1 mln. so‘m xarajat qildi. Mazkur sub'yekt tomonidan 2018 yilning sentyabr oyida jami soliqqa tortiladigan daromadi 10 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, soliqni faqatgina 9 mln. so‘mdan to‘laydi.

3)zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlik sub'yektlari va potensial investorlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xulosasi asosida shaharlar va tumanlarning tegishli qismlarida reklama va ixcham savdo nuqtalari uchun joylar taqdim etiladi.

Masalan: Agarda tadbirkorlik sub'yektlari va potensial investorlar jamoat joylarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etishsa, ularga ma'lum bir hududdan tijorat maqsadida o‘z reklama materiallarini joylashtirish bo‘yicha hamda ixcham savdo nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha qulay joylar taqdim qilinadi.

Hozirgi vaqtda respublikaning bir qator hududlarida quyidagi namunaviy tipdagi sanitar-gigiyena shoxobchalarining qurilish ishlari olib borilmoqda.

toilet 1

 Xalqaro M39 avtomagistral yo'l bo'yi infratuzilma ob'yektlarida barpo etilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi: 4 xonali - tahoratxona, ayol va erkaklar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus hojatxona

(Taxminiy qiymati-60 mln. so'm). 

(Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Taxtaqoracha dovoni)

toilet 2

Xalqaro M39 avtomagistral yo'l bo'yi infratuzilma ob'yektlari kompleksida (kemping) barpo etilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi: 6 xonali - tahoratxona, ayol va erkaklar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus hojatxona, yuvinish xonasi

(Taxminiy qiymati  -  80-100 mln. so'mgacha). 

(Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani) 

toilet 3

Xalqaro M39 avtomagistral yo'l bo'yi infratuzilma ob'yektlari kompleksida (kemping) barpo etilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi: 4 xonali - tahoratxona va yuvinish xonasiayol va erkaklar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus hojatxona 

(Taxminiy qiymati  -  80-100 mln. so'mgacha)

(Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani)

toilet 4

Yo'l bo'yi infratuzilma ob'yektlari, sport komplekslari va kichik savdo majmualari yonida barpo etilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi: 2 xonali

(Taxminiy qiymati  -  27 mln. so'm).

(Toshkent viloyati, Pskent tumani, Novkent MFY hududida 4p-20 avtoyo'lining 18-19 km yo'l bo'yida)

Eslatma:

a) xo‘jalik yurituvchi sub'yekt 1- va 2-bandlarda belgilangan soliq imtiyozlariga ega bo‘lish uchun qurilayotgan sanitariya-gigiyenik shoxobchalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq kelishi (0151-04-sonli SanQM “Jamoat hojatxonalari qurilishi va jihozlanishining sanitar qoida va me'yorlari” (2004 y.) va bu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasi olinishi lozim.

b) soliq imtiyozi taqdim etilishi hisobiga bo‘shab qolayotgan mablag‘lar, ushbu mablag‘lar maqsadli yo‘naltirilishi belgilab berilmaganligi sababli, buxgalteriya hisobining balans hisob schetlarida ko‘rsatilmaydi hamda Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettirilmaydi. Vaqtinchalik taqdim etilayotgan soliq imtiyozini alohida hisobini yuritish uchun balansdan tashqari “Vaqtinchalik soliq imtiyozi” scheti ochiladi, hamda hisobot davrida taqdim etilgan imtiyoz summalari uchun schetning debetiga olib boriladi (Yuridik shaxslarga, soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Batafsil ma'lumot uchun:

(998) 71 200-00-88

(998) 71 233-49-36

(998) 90 353-01-04

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan

Hozir saytda 429 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0