Buxoroga nufuzli delegatsiya tashrifi

“O‘zbekiston – cheksiz imkoniyatlar mamlakati. Uning go‘zal tabiati, ulkan iqtisodiy salohiyat manbai bo‘lgan er osti va er usti boyliklari, eng muhimi, bunyodkor va mehmondo‘st xalqi har qanday havas va ibratga munosib!” Bu kabi e’tiroflar 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferentsiya davomida takror-takror yangradi. Konferentsiya ishtirokchilariga yurtimizning tarixiy shaharlari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati yaratib berilganligi esa ularning mamlakatimiz haqidagi tasavvur va taassurotlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Batafsil...

Nukus va Mo‘ynoqdagi festivallar tavsiloti

muynak 2017 1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2803-son qarori ijrosini ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasining boy madaniyatini aholi va jahon hamjamiyati orasida ommalashtirish, hududning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 24-25 oktabr kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivali,“Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” ekofestivali, Berdaq va Ajiniyaz xalq shoirlarining she’riy-musiqiy xalqaro festivallari o‘tkazildi.

Batafsil...

Mustaqil O‘zbekiston turizmi 25 yoshda !!!

20-oktyabr O‘zbekistonning turizm sohasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sana. Chunki aynan shu sanada roppa-rosa 25 yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosi bo‘lgan “O‘zbekturizm” tashkilotining tug‘ilgan kunidir.

Batafsil...

Mo‘ynoqda 3 festival

muynak 2017 4

Hududning ichki va tashqi turizm imkoniyatlarini to‘laqonli ravishda namoyish qilish maqsadida 24-25 oktyabr kunlari Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida 3 ta yirik turli mavzudagi festivallar tashkil etilmoqda.

Batafsil...

“Buxoro shahri kuni” festivali

buxoro shahar kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi PQ-2980-sonli “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori hamda viloyat hokimining 2017 yil 24 maydagi 329-sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida 2017 yil 22 oktabr kuni “Buxoro – Sharq gavhari” shiori ostida o‘tkaziladigan “Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Batafsil...

“Xalqaro turizmning tarixiy rivojlanishida Ipak yo‘li” konferentsiyasi

banner unwto 2

6 oktyabr kuni Xiva shahrida Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) ko‘magida “Xalqaro turizmning tarixiy rivojlanishida Ipak yo‘li” mavzusida Xalqaro konferentsiya boshlandi.

Batafsil...

Toshkent xalqaro turizm ko'rgazmasidan fotolavha

images

3-sentabrda boshlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm ko'rgazmasi 4 va 5-sentyabrda ham davom etadi. Bu yerda siz birinchi kuni tashkil etilgan tadbirlar haqida fotolavhadan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Batafsil...

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan