Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida”gi 398-sonli qarori mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari bilan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish orqali tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 23 - 31 iyul kunlari barcha hududlarda video-konferensiya tashkil etish orqali seminarlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan (grafik ilova qilinadi).

Mazkur seminarlar davomida sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangiliklar, shuningdek o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

Shu munosabat bilan, seminarlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Ma’lumot uchun telefon: (95) 199-21-50

Turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi matbuot xizmati

Сертификатлаштириш объектининг инспекция назорати

39449744-708d-4985-99bc-6811a81cedac.png

Ҳурматли тадбиркорлар!

«Туроператор ва меҳмонхона хизматларини сертификатлаштириш тартиби тўғрисида низом»нинг 42-бандига мувофиқ (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 5 июндаги 355-сон қарори). 2018 йил IIчорак учун Инспекция назоратини ўтказиш режаси Ўзбекистон Республикаси Туризмни ривожлантириш Давлат қўмитаси веб-сайтида жойлаштирилди.

Batafsil...

Xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi

bankomatO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 fevraldagi PK-3509-son Qarori bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 28-bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan joylarda o‘rnatilgan xalqaro bank kartalarini qabul qiladigan bankomatlar dislokatsiyasi ma’lumoti taqdim etildi.

Batafsil...

Tadbirkorlik subyektlari va fuqorolarimiz diqqatiga !

 200-00-88

Joriy yilning 4 dekabridadan boshlab Qo'mitaning 24 soatlik  Call Center (ma'lumot markazi) ishga tushdi.

Batafsil...

Litsenziya olish uchun hujjatlar elektron ko‘rinishda topshirish tizimi faollashtirildi

attenshionTurizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun litsenziya talabgoriga qulaylik yaratish maqsadida zarur bo‘lgan hujjatlarni license.gov.uz portali orqali elektron ko‘rinishda topshirish tizimi faollashtirildi (https://license.gov.uz/licensing_content/204/).

Shuningdek, xujjatlar Turizmnin rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangi manzili Toshkent shaxar, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 18 uyda (mo‘ljal: Oybek metro) qog‘oz ko‘rinishda qabul qilinmoqda.

Batafsil...

Muvofiqlik sertifikati olish uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangi idorasida qabul qilinmoqda

attenshionTuroperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar Turizmnin rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi”ning yangi manzili Toshkent shaxar, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18 uyda (mo‘ljal: Oybek metro) qabul qilinmoqda.

Batafsil...

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh ofisi binosi o‘zgardi

attenshionO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining moddiy - texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 356-sonli qaroriga muvofiq Turizm qo‘mitasining moddiy - texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, soha vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18 uy manzilda joylashgan bino O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi balansiga o‘tkazildi.

Batafsil...

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan