Indoneziyaliklar uchun Toshkent haqidagi ko'rsatuvlar namoyish etildi

photo_2018-06-07_19-39-52.jpg

O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Indoneziyaning mashhur telekanallaridan biri NetTV telekanali bilan hamkorlik qilmoqda.
Muqaddas Ramazon oyi davomida 24-31 mart kunlari Muslim Travelers ko’rsatuvi ijodkorlari 2 qismdan iborat dasturni indoneziyalik tomoshabinlar uchun suratga olish ishlarini olib borishdi.

Birinchi qism 22-may kuni namoyish etildi va unda Samarqandning sayyohlar e’tirofiga sazovor va boy islomiy merosiga ega maskanlari haqida so’z bordi. Ushbu  televizion loyihani Indoneziyalik 1 mln 80 mingdan ortiq oilalar tomosha qilishdi. Bundan tashqari, Youtube-da NetTV kanaliga a’zo foydalanuvchilar soni - 1,7mln kishini tashkil qiladi.
Ikkinchi qism indoneziyaliklar uchun Toshkent va uning Islom dini uchun ahamiyatli bo’lgan joylariga qilingan sayohatga bag'ishlanadi. Ularning orasida – Hasti Imom masjid, Mo'yi Muborak muzeyi. Bundan tashqari Chorsu bozori, Toshkent Metropoliteni, Amir Temur xiyoboni, va yana boshqa obyektlar. Ikki qismning efirga uzatilish vaqti ro’za tutish vaqtining boshi va oxiriga mo’ljallangan. Bu vaqtda indoneziyaliklar oila davrasida vaqt o’tkazadilar.

photo_2018-06-07_19-39-53.jpgphoto_2018-06-07_19-39-54.jpgphoto_2018-06-07_19-39-55.jpgphoto_2018-06-07_19-39-56.jpgphoto_2018-06-07_19-39-57.jpgphoto_2018-06-07_19-39-58.jpg

 

O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va preferensiyalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan