O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi rais o'rinbosarining v. b. tayinlandi

DES_65апап06.jpg


O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Akbarov Saidakbarxon Tohir o’g’li turizmni rivojlantirish qo'mitasi raisi o'rinbosarining v.b. lavozimiga tayinlandi.
Ushbu lavozimga Saidakbarxon Akbarov 29-iyun kuni Olmazor tumanida bo’lib o’tgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan nomzod sifatida taklif etildi. Bunga sabab Saidakbarhon o’z nutqi davomida turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha amaliy takliflar bildirdi.


Akbarov Saidakbarxon hozirda Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining biznes boshqaruvi fakultetida to'rtinchi kurs talabasi. Yosh ekanligiga qaramasdan, u ta’lim va kasbiy rivojlanish sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega, shu bilan birga Yoshlar Ittifoqining yosh tadbirkorlar loyihasi a’zosi.
2013 yildan 2018 yilgacha Akbarov Saidakbarxon ta'lim markazlari tarmog'ini boshqargan. Shuningdek, u ITB fondi investitsiya jalb qilish tanlovida o’zining onlayn ta'lim dasturi bilan ishtirok etgan.
Akbarov Saidakbarxon yoshlar hayotida faol ishtirok etadi. U Germaniyaning Gamburg shahrida bo'lib o'tgan BMTning xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etgan.
O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasida Akbarov Saidakbarxon yoshlar turizmini rivojlantirish va innovatsion g'oyalari, smart turizm joriy etish, shuningdek, ta'lim xizmatlarini takomillashtirish bilan shug’ullanadi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat turizmni rivojlantirish qo'mitasining matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan