QR-KOD – sayyohlar uchun 12 ta tilda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida ma’lumot beradi

seminar qr 2017 2

Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda “Tehno Dargoh” MChJ o‘rtasida uch tomonlama kelishuv memorandumini imzolandi.

seminar qr 2017 4

Ushbu memorandumga ko‘ra yurtimizning SMART turizm malakati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imidjini oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun IT-texnologiyalaridan faol foydalanish maqsadida tomonlar "VERUM QR" qo'shma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichini boshlab yubordilar.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari U.Qo‘qonboev, “Tehno Dargoh” MChJ direktori T.Xujaev, shuningdek, Qo‘mita xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

seminar qr 2017 3

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov “zamonaviy sayyoh o‘ziga kerakli ma’lumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, birinchi navbatda, smartfonlardan foydalanishga o‘rganib qolgan. Hozirgi kunda jahonda SMART turizm konsepsiyasi juda ham rivojlanib bormoqda, O‘zbekistonda esa bu texnologiya ilk bora QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida sayyoh QR kod tasviriga ishora qilgan holda bir necha soniyadan so‘ng o‘z smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay ko‘rinishda yurtimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi barcha ma’lumotni qabul qilib oladi. Shu bilan birga foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, san’at galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham ma'lumot beriladi”, deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Tehno Dargoh” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida amalga oshirilgan dastlabki ish natijalari allaqachon Xiva shahrida sinov tarzida ishga tushirilgan edi.

seminar qr 2017 1

Bundan tashqari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir qancha IT-kompaniyalar bilan ham SMART turizmning boshqa texnologiyalarini joriy etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK bilan somolyot yoki poyezd jo‘nashidan 24 soat oldin internet orqali elektron chiptalar hamda elektron ro‘yxatdan o‘tish platformasini joriy etish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan yangi axborot texnologiyalarini faol joriy etishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblaydi. Aynan shu maqsadda Qo‘mita ushbu sohaga qiziquvchi tomonlarni hamkorlik qilishga chaqiradi va O'zbekistonda shu kabi loyihalarni hamkor sifatida amalga oshirish uchun tayyorligini bildiradi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi
Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va preferensiyalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan