Turistlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida

-с-карт-Visa.-Планы-ЦБ-на-2018.-Банкомат-по-обмену-валюты-cover.jpg

O'zbekistonda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, bank tizimida valyuta kartalari (Visa, MasterCard, Union Pay) uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Turistlar bilan gavjum joylarda bankomatlar va terminallar taqdim etilmoqda hamda Uzcard milliy to'lov tizimi takomillashmoqda. Iyun oyi oxiriga qadar Uzcard tizimi terminallari MIR, Visa, Master Card kartalari orqali to’lov qabul qilishadi.

Hozirgi kunda respublikamiz hududida savdo va xizmat ko'rsatish shahobchalarida 2,358 ta terminal va 151 ta bankomat mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620 sonli Farmoyishiga ko’ra tijorat banklari va protsessing markazlari tomonidan qo'shimcha ravishda 21880ta terminal va milliy va xorijiy valyutada 121ta bankomatlar olib kelindi.

Joriy yilning 11 iyunida 421ta ob'ektda O'zbekiston Respublikasida 37ta almashuv shahobchasi mavjud bo'lib, 66 ta obyektda 81ta bankomat va 419ta obyektda 436ta terminal mavjud (2 tasi to'xtatib qo'yilgan)

 

Turizmni rivojlantirish qo'mitasi matbuot markazi

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan